» » 2019-yil boshidan buyon O‘zbekiston 15 mln dollarga qalampir sotdi

2019-yil boshidan buyon O‘zbekiston 15 mln dollarga qalampir sotdi


O‘zbekistonda qalampir eksporti 11 barobar, oziq-ovqatlar umumiy eksporti esa 84 foizga oshdi, deb Sputnik xabar qiladi.

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan qalampir eksporti 10,8 baravarga o‘sdi. Buning natijasida qalampir eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida yetakchi o‘ringa chiqdi.

O‘zbekistondan eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy hajmi 175,3 ming tonnani, qiymati 86,4 million dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,7 foizga ko‘proq degani.

Kelajakda ushbu raqamlar o‘sishda davom etadi, chunki fevral oyining oxirida O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni eksport qilish tartibi osonlashtirilgan edi. O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy xaridorlari bu Qozog‘iston ($17,8 mln), Qirg‘iziston ($15,1 mln) va Rossiyadir ($10 mln).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют