» » Qozon shahridagi xalqaro festival o‘zbek kinoijodkorlarining filmi bilan ochiladi

Qozon shahridagi xalqaro festival o‘zbek kinoijodkorlarining filmi bilan ochiladi


Joriy yilning 21—25-aprel kunlari Tatariston respublikasida Qozon musulmonlar xalqaro XV kinofestivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zA.

Qayd etilishicha, “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” nomli badiiy film rejissyori Abduxalil Mignarov boshchiligidagi ijodiy guruh ham unga taklif etilgan. Asosiy tadbirlar ushbu film premyerasi bilan boshlanadi.

Mazkur kinofestival 2005-yildan buyon “Madaniyat muloqotidan - muloqot madaniyati sari” shiori ostida o‘tkazilib kelinadi. U bag‘rikenglik, tinchliksevarlik, matonat va insonparvarlik g‘oyalarini filmlarda tarannum etishi bilan musulmon olamidagi kinoijodkorlar o‘rtasida mashhurdir, deyiladi xabarda.

“Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmining Toshkentdagi premyerasi esa 20-aprelga mo‘ljallangan. Film ijodkorlari o‘z ijod mahsullarini o‘zbek kino muxlislariga ramazon tuhfasi sifatida taqdim etishni maqsad qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют