» » Qashqadaryoda ko‘chki temiryo‘lni ishdan chiqardi, cho‘kkan yo‘lga poyezd tiqilib qoldi

Qashqadaryoda ko‘chki temiryo‘lni ishdan chiqardi, cho‘kkan yo‘lga poyezd tiqilib qoldi


6-aprel kuni soat 02:08 da Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hududida yuk poyezdi kuchli jala oqibatida cho‘kkan temir yo‘l uchastkasida tiqilib qoldi. Hodisa “Oqrabot—Dehqonobod” temir yo‘lining 98-kilometrida sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

56 ta vagondan (ularning 26 tasida yuk bo‘lgan, 30 tasi bo‘sh) temir yo‘l tarkibini boshqarib kelayotgan ikkita elektrovoz kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida 2,5—3 metrga cho‘kkan 50—60 metr uzunlikdagi uchastkada tiqilib qolgan. Ayni vaqtda mazkur temir yo‘l bo‘ylab harakat to‘xtatilgan; “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchastkaning kechgacha ta’mirlanishi kutilmoqda.

FVVning qayd etishicha, manyovrli elektrovoz yordamida temiryo‘lning cho‘kkan qismidan 56 ta vagon tekis sathga olib chiqilgan. Ikkita elektrovozni olib chiqish ishlari davom ettirilmoqda. Temir yo‘l uchastkasini qayta tiklash uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning ikkita avariya-qutqaruv poyezdi, Qarshi hududiy temir yo‘l uzelining 180 nafar xodimi va texnikalari jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют