» » O‘zbekistonga kelayotgan Suma Chakrabarti, 53 davlatga vizasiz bora oladigan o‘zbekistonliklar, prokurordan 15 ming dollar talab qilgan qashqadaryolik va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekistonga kelayotgan Suma Chakrabarti, 53 davlatga vizasiz bora oladigan o‘zbekistonliklar, prokurordan 15 ming dollar talab qilgan qashqadaryolik va kunning boshqa muhim xabarlari


14-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti 15-mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. “Tashrifdan maqsad O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat”.

2. O‘zbekiston Viza cheklovlari indeksida 83-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 53 ta davlatiga vizasiz safar qilishi mumkin.

3. O‘zbekistonlik erkaklarning 77 foizi farzandlar sonini rejalashtirish kerak, deb hisoblaydi. Qishloq joylarda 19 foiz ishtirokchilar, shaharlarda esa 13 foiz ishtirokchilar bolalar tug‘ilishini rejalashtirish kerak emas, degan fikrda.

4. Turkiya Niderlandiya elchisining mamlakatga kirishini taqiqladi. Turkiya Niderlandiya bilan yuqori darajadagi barcha uchrashuvlarni bekor qildi.

5. Prokurordan 15 ming dollar talab qilgan qashqadaryolik qariya 3 yilga qamaldi. 65 yoshli fuqaro vositachi orqali 5 ming dollar olayotganda huquq organlari tomonidan ushlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют