» » Termizdagi portlashda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi (video)

Termizdagi portlashda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi (video)


Surxondaryo viloyati IIB Termiz shahar ichki ishlar bo‘limi ko‘p qavatli uy omborxonasidagi portlashda halok bo‘lgan ikki erkakning shaxsini aniqladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Avvalroq “Do‘stlik” mahallasidagi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 10-uyning chap tomonida gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgani xabar berilgan edi.

Halok bo‘lganlar — Termiz fuqarosi R.Abdurahmonov (1958-yilda tug‘ilgan) va Angor tumani fuqarosi R.Imomaliyev (1962-yilda tug‘ilgan). Portlash ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida — “Orzu Omad” xususiy korxonasi omborxonasining ichkarisida yuz bergan, u yerda penoplast buyumlar, hojatxona qog‘ozi va boshqa mahsulotlar saqlangan. Korxona B.Imomaliyevga tegishli.

Portlash 8-aprel kuni ertalab 11:32 da qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют