» » Noqonuniy lochin ovini rejalashtirgan Saudiya Arabistoni fuqarosi Toshkent aeroportida qo‘lga olindi

Noqonuniy lochin ovini rejalashtirgan Saudiya Arabistoni fuqarosi Toshkent aeroportida qo‘lga olindi


Noqonuniy ravishda lochin ovlamoqchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni fuqarosi Toshkent aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

“4-aprel kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va bojxona xizmati birgalikda Dubaydan qaytayotgan Saudiya Arabistoni fuqarosi yo‘qolib borayotgan yovvoyi fauna va flora turlari bo‘yicha xalqaro savdo-sotiq faoliyati tartibini buzgan holda, ikkita lochinni olib kirishiga to‘sqinlik qildi”, — deyiladi xabarda.

Yirtqich qushlarni ovlash uchun chet el fuqarosi o‘zi bilan tuzoq ham olib kelgan. Ehtimol, qushlarni O‘zbekistonga olib kelishning maqsadi – lochin ovine tashkillashtirish bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda qushlar vaqtincha musodara qilinib, maxsus ixtisoslashtirilgan qarovxonada saqlashga topshirilgan.

Shuningdek, chet el fuqarosini qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasi ham hal etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют