» » Britaniya parlamenti Brexit’ni qoldirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Britaniya parlamenti Brexit’ni qoldirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi


Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasi mamlakat hukumatini YeIdan kelishuvsiz chiqmaslik uchun talab qilinadigan Brexit’ni kechiktirish bo‘yicha qonun loyihasini nihoyat ma’qulladi. Qonun loyihasi uchun 309 nafar deputat ovoz berdi, qarshi — 81 kishi, deya xabar beradi “TJournal”.

Yangi qonunga ko‘ra, hukumat Brexit’ni kechiktirilish sanasini taklif qilishi kerak, buni esa Bosh vazir Tereza Mey Yevropa Ittifoqidan so‘raydi.

Parlamentning ikkala palatasi ham tasdiqlanganidan so‘ng, qonun loyihasi qirollik sanksiyalarini oldi. Hukumatning taklifi qonunga muvofiq — Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish muddatini uzaytirish bo‘yicha ertaga parlamentda muhokama qilinadi.

Qonun loyihasi muallifi va Ishchi partiyasining vakili Ivett Kuper, hujjat allaqachon qirolichaning roziligini olganligini yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament “betartiblik va zararga qarshi” ovoz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют