» » Britaniya parlamenti Tereza Meyning “Brekzit” bo‘yicha rejasini yana rad etdi

Britaniya parlamenti Tereza Meyning “Brekzit” bo‘yicha rejasini yana rad etdi


12-mart kuni Buyuk Britaniya Parlamenti quyi palatasi Tereza Meyning Yevropa Ittifoqini tark etish bo‘yicha kelishuvini yana rad etdi, deya xabar beradi “Tjournal”.

Ushbu rejani 242 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 391 nafari esa qarshi ovoz bergan.

Deputatlar yangi kelishuv loyihasi yanvarda taqdim etilganidan sezilarli darajada farq qilmasligini aytgan. O‘shanda palata Irlandiya va Shimoliy Irlandiya (Buyuk Britaniyaning bir qismi) o‘rtasidagi chegaraning ochilishiga qarshi chiqqan. Angliya va Uelsning Bosh prokurori Jeffri Koks Kongressda Brexit shartnomasi loyihasiga qo‘shimchalar chegara bo‘yicha asosiy xavflarini bartaraf etmasligini aytgan.

Mey ovoz berish natijalaridan “chuqur afsusdaligini” ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 13-mart kuni deputatlar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidani kelishuvsiz chiqishi uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Agar deputatlar bunga qarshi chiqsa, ular 14-mart kuni Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish muddatini ko‘chirish uchun ovoz beradi — hozircha u 29-martga belgilangan.

2018-yilning 15-noyabr kuni Britaniya Vazirlar Mahkamasi Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilgan. Muhokama qilinganidan so‘ng “Brekzit” masalalari bo‘yicha vaziri va mamlakat mehnat vazirining iste’foga chiqqan. 15-yanvarda Parlament quyi palatasi Tereza Meyning Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasini rad etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют