» » Britaniya Parlamenti hukumatga ishonchsizlik ovozini yig‘a olmadi

Britaniya Parlamenti hukumatga ishonchsizlik ovozini yig‘a olmadi


Britaniya Parlamenti Bosh vazir Tereza Meyning Vazirlar Mahkamasiga ishonchsizlik ovozini yig‘a olmadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasiga ishonchsizlik qarorini chiqarish uchun 306 nafar deputat ovoz berdi, 325 nafar deputat esa qarshi chiqdi.

Ovoz berishdan so‘ng, Mey, Brexit bo‘yicha kelishuvga erishish uchun muxolifat partiyalarining rahbarlari bilan muzokaralarni boshlash niyatida ekanini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Leboristlar yetakchisi Jeremi Korbin, Mey Brexit (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan hech qanday kelishuvsiz chiqish) imkoniyatini istisno qilmaguniga qadar hech qanday muzokaralar boshlash istagi yo‘qligini bildirgan.

Hukumatga ishonchsizlik ovozini yig‘ish Yevropa Ittifoqidan Buyuk Britaniyani olib tashlash haqidagi kelishuv loyihasini rad qilganidan so‘ng Korbin tomonidan taklif qilingandi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, hukumat uch kun ichida keyingi harakatlar rejasini taqdim etishi lozim. Seshanba kuni o‘tkazilgan ovoz berish natijalaridan so‘ng Bosh vazir Tereza Mey parlamentga hali ham hukumatga “ishonishi” kerakligini aytdi va hali ham ishonch borligiga umid bildirgan.

Kelishuv loyihasini parlament tomonidan qabul qilinishini talab qilgan Meyga qarshi ovoz berish jarayoni hech qanday xavf solmagan — uning raqiblari Meyni bundan avval ham chiqarib tashlashga urungan, ammo ko‘pchilik ovoz yig‘a olmagan uchun qo‘lidan kelmagan. Qonunga ko‘ra, Meyga nisbatan ishonchsizlik saylovini ular bir yilgacha o‘tkazishi mumkin emas. Yutkazganiga qaramay Mey bosh vazir bo‘lib qoladi. U o‘zi istamagunicha ushbu lavozimdan keta olmaydi.

Agar Mey lavozimida qoladigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya voz kechish imkoni bo‘lmagan shu bilan birga yechilmay qolayotgan muammoni hal qila olmaydigan bosh vazir bilan qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют