» » Buyuk Britaniya Brexit’dan keyin ham Gibraltar ustidan nazoratni saqlab qolmoqchi

Buyuk Britaniya Brexit’dan keyin ham Gibraltar ustidan nazoratni saqlab qolmoqchi


Buyuk Britaniya hukumati Britaniya eksklavi bo‘lmish Gibraltar bilan birgalikda Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun kechadigan muzokaralarga “yechimlarning eng maqbulini” ishlab chiqish niyatida, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Bu haqida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Gibraltar hukumati rahbari Fabian Pikardo bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida ma’lum qildi.

Tereza Meyning so‘zlariga ko‘ra, London Gibraltar o‘z mahalliy aholi irodasiga qarshi borib, Britaniyaning nazoratidan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu o‘rinda Pikardo, Buyuk Britaniyaning Brexit muzokaralarida Gibraltar manfaatlarini ham hisobga olishiga umid bildirdi.

Avvalroq, 31-mart kuni Bryusselda Londonning Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqishi borasidagi muzokaraning asosiy yo‘nalish loyihasi ma’lum qilingan edi.

Britaniyaning dengiz orti hududiga kiruvchi 32 mingga yaqin aholisi bo‘lgan Gibraltar unchalik katta bo‘lmagan, O‘rtayer dengizi bilan Atlantika okeanini ajratib turuvchi yarim orolda joylashgan.

Brexit bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda 95,9 foiz gibraltarliklar Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish uchun ovoz bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют