» » Britaniya parlamenti Meyning rejasiga qarshi ovoz berdi

Britaniya parlamenti Meyning rejasiga qarshi ovoz berdi


Britaniya parlamenti bosh vazir Tereza Mey tomonidan taklif qilingan “brexit” bo‘yicha kelishuviga qarshi ovoz berdi. Bu haqda “Dojd” xabar berdi.

432 nafar deputatlar qarshi ovoz bergan, 202 nafari esa qo‘llagan.

Mey kelgusi harakatlar bo‘yicha rejani 21-yanvargacha taqdim etishga va’da bermoqda. Shu bilan birga leyboristlar yetakchisi Jeremi Korbin Meyning hukumatiga ishonchsizlikni ifodalash bo‘yicha harakatlar boshlashini ma’lum qilgan. U mazkur masalani 16-yanvar kuni muhokama qiladi.

Aksariyat deputatlar avvalroq Meyning Yevroittifoq rahbariyati bilan erishgan kelishuvlarini tanqid qilgan. Tanqidning asosiy mavzusi bo‘lgan nuqta bu Shimoliy Inrlandiya va Irlandiya o‘rtasidagi chegaralarning 1998-yildagi kabi shaffof bo‘lib qolishidir.

Deputatlar buning natijasida London Shimoliy Irlandiya ustidan nazoratni yo‘qotishi mumkin.

Bundan tashqari, turli hududlarda turli bojxona tartibilari amal qiladi va Londonning uchinchi mamlakatlar bilan savdo aloqalari imkoniyatlarini chegaralaydi. Shuningdek Britaniya yangi kelishuv imzolamaguniga qadar YeI bojona ittifoqidan chiqolmaydi.

Mey va Yevroittifoq rahbariyati “brexit” shartlarini 2018-yilning noyabrida kelishib qo‘ygan. Yevroittifoq erishilgan kelishuvlar qayta ko‘rib chiqilmasligi haqida ogohlantirdi. Dastlab Britaniya parlamenti mazkur kelishuv bo‘yicha 11-dekabr kuni ovoz berishi kutilgandi, ammo bosh vazir hal etilmagan masalalar sababli saylovni kechiktirdi.

Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan 29-mart kuni chiqishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют