» » “Barselona” futbolchilari Antuan Grizmanning jamoaga kelishiga qarshi ekanligi ma’lum bo‘ldi

“Barselona” futbolchilari Antuan Grizmanning jamoaga kelishiga qarshi ekanligi ma’lum bo‘ldi


“Barselona” futbolchilari “Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmanning transferiga qarshi chiqdi. Bu haqda jurnalist Manu Karrenyo Cadena Ser radiosi boshlovchisi bilan kechgan suhbatda ma’lum qildi.

Kataloniya klubi o‘yinchilari 28 yoshli fransuzning klub safiga kelib qo‘shilishiga norozilik bildirdi. “Ko‘k-anor ranglilar” direktorlar kengashi bundan xabardor.

Ma’lumot uchun, Grizmanning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

“Barselona” esa hujumchini yozgi transferlar vaqtida 120 million yevroga sotib olishi mumkin.

O‘tgan yilning yozida Grizmann “Barselona” taklifini rad qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Antuan Grizmann joriy mavsum La Liga doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют