» » A Seriya. “Yuventus” SPALga yutqazib, muddatidan avval chempionlikni ortga surdi (video)

A Seriya. “Yuventus” SPALga yutqazib, muddatidan avval chempionlikni ortga surdi (video)


13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionati 32-turining dastlabki o‘yinida Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi SPAL maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida “keksa sinyora” hujumchisi Moyze Kin hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqaga kelib mezbon jamoa a’zosi Kevin Bonifatsi hisobni tenglashtirdi (1:1). 74-daqiqada esa SPAL hujumchisi Serjio Flokkari turinliklar darvozasini ishg‘ol qildi (2:1). Shu tariqa Turin klubi safarda kechgan bahsda SPALga mag‘lub bo‘lib (1:2), muddatidan avval chempionlikni biroz ortga surdi. Ta’kidlash joiz, “Yuventus” durangga erishgan taqdirda ham chempionlikni qo‘lga kiritardi.

A Seriya

32-tur bahslari

13-aprel, shanba

Gollar: 0:1 — 30 Kin, 1:1 — 49 Bonifatsi, 2:1 — 74 Flokkari

SPAL: Viviano, Bonifatsi, Vikari, Chonek, Lazari, Fares, Murjia, Skyattarella (Valdifiori, 70), Missiroli, Flokkari (Rejini, 84), Petanya (Antenuchchi, 89)

“Yuventus”: Perin, Barzali (Bernardeski, 81), Gossi, Joau Kanselu, De Shilo, Bentankur, Spinassola, Kuadrado, Dibala, Kin (Mavididi, 69), Kastanos (Kavigliya, 61)

Ogohlantirishlar: Lazzari (28), Kuadrado (38), Kanselu (45), Flokkari (75), Fares (83), Missiroli (87), Vikari (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют