» » “Yuventus” 19 yoshli “yangi Ronaldu”ni jamoaga olib kelish uchun Dibalani sotishga qaror qildi

“Yuventus” 19 yoshli “yangi Ronaldu”ni jamoaga olib kelish uchun Dibalani sotishga qaror qildi


“Yuventus” argentinalik hujumchi Paulo Dibalani sotib yuborishga tayyor. Klub rahbariyati undan tushgan mablag‘ga “Benfika” yarim himoyachisi Joau Feliksni jamoaga olib kelmoqchi.

Tuttosport’ning xabar berishicha, “keksa sinyora” Lissabon klubining 19 yoshli futbolchisini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, klubga mazkur transfer uchun kamida 100 million yevro kerak bo‘ladi. Italiya chempioni ushbu mablag‘ni joriy mavsum jamoaning asosiy tarkibida o‘z o‘rnini topa olmagan argentinalik o‘yinchini sotib yuborishdan ishlab topmoqchi.

Ma’lumot uchun, Paulo Dibalaning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar amal qiladi. U turinliklar tarkibiga 2015-yilda “Palermo”dan kelib qo‘shilgandi.

Joriy mavsum Dibala “Yuventus” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют