» » Toshkent aeroportida Moskvaga jangovar o‘qni olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi

Toshkent aeroportida Moskvaga jangovar o‘qni olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi


Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari jangovar o‘qning noqonuniy olib o‘tilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Toshkent—Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab uchib ketayotgan fuqaro K.M.ning bagaji skaner vositasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazilganda uning ichidagi kichik, deyarli ko‘z ilg‘amaydigan buyum xodimlar diqqatini tortdi. So‘ngra bagaj xolislar ishtirokida ko‘zdan tekshirilganda uning ichida bir dona 7,62 millimetrli jangovar o‘q borligi aniqlandi.

Fuqaroning so‘zlariga qaraganda ushbu o‘qni u meros sifatida olib ketmoqchi bo‘lgan ekan. Ammo, qonun barcha uchun barobar ekanligi yoddan chiqarmaslik lozim.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют