» » La Liga. “Real Madrid” “Leganes”ni yuta olmadi (video)

La Liga. “Real Madrid” “Leganes”ni yuta olmadi (video)


15-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turida Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi safarda “Leganes” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Jonatan Kristian Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqaga kelib “Qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa madridliklar mazkur turda “Leganes” bilan durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

32-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

32-tur bahsi

Gollar: 1:0 — 45 Silva, 1:1 — 51 Benzema

“Leganes”: Kuelyar, Nyom, Bustinsa, Omeruo, Siovas, Silva, Eraso (Al-Jar, 71), Peres, Mikel Vesga (Resio, 85), Karrilyo (An-Nosiri, 65), Breytueyt.

“Real Madrid”:  Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Valverde, Asensio (Beyl, 81), Benzema, Isko (Vaskes, 77).

Ogohlantirishlar: Karvaxal (48), Asensio (61), Valverde (67).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют