» » Farg‘onada ko‘rshapalak uyasini saraton kasaliga davo deb, fuqaroni 15 300 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada ko‘rshapalak uyasini saraton kasaliga davo deb, fuqaroni 15 300 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi


Uchko‘prik tumani Yoyilma qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.B. IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, qo‘qonlik Sh.M. uni aldab 15 300 dollarini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Arizada qayd etilishicha, 2018-yilning oktabrida Qo‘qon shahrida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan Sh.M. ko‘rshapalak uyasi saraton kasaliga davo ekanligini aytib, uning yashash xonadoniga yelim idishga o‘ralgan narsani olib kelgan. Uni aldab, qurilish materialidan ishlangan narsani “ko‘rshapalak uyasi” deb bergan. Evaziga uning 15 300 dollar (125 583 012 so‘m) pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tergovga qadar tekshiruv davrida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, fuqaro Sh.M.ning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari borligi aniqlandi. Unga nisbatan mazkur modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari tugatilib, ish sudga yuborildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida — ko‘rshapalak uyasi ommalashmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют