» » Toshkentdagi TUMARIS qandolat fabrikasi yerini olib qo‘yishgani uchun hokimiyatni sudga berib, 2 mlrd so‘mdan ortiq tovon puli talab qildi

Toshkentdagi TUMARIS qandolat fabrikasi yerini olib qo‘yishgani uchun hokimiyatni sudga berib, 2 mlrd so‘mdan ortiq tovon puli talab qildi


Savdo-sanoat palatasi vakillari Universal plast montaj engineering MChJga Toshkent shahar hokimligidan 2,7 milliard so‘m undirib berdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Universal plast montaj engineering MChJ O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilib, xususiy mulkini himoya qilishda va TUMARIS qandolat fabrikasiga tegishli binoni saqlab qolishda qonuniy yordam so‘ragan. Fabrika binosi noqonuniy qurilgan degan vaj bilan buzib tashlanishi rejalashtirilgan edi.

20-mart kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi da’vogarning murojaatiga asosan yer uchastkani davlat va jamiyat ehtiyojlari maqsadida olib qo‘ygani uchun Toshkent shahar hokimligidan 2 759 055 981 so‘m miqdorida tovon puli undirilishi haqida hukm chiqargan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют