» » Samarqandda Turkiyadan noqonuniy keltirilgan quloq teshish vositalari va ziraklar musodara qilindi

Samarqandda Turkiyadan noqonuniy keltirilgan quloq teshish vositalari va ziraklar musodara qilindi


Bojxonachilar tomonidan “Istanbul–Samarqand” yo‘nalishi orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilayotgan zargarlik buyumlari ushlab qolindi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Samarqand xalqaro aeroportiga Turkiya davlatidan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi D.D. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida unga tegishli bagaj xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Sumka ichida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 2400 dona qizaloqlar ziragi va 5 dona quloq teshadigan maxsus vositalar borligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga Samarqand viloyat ma’muriy sudi tomonidan qonuniy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan jami bahosi 23 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlari va quloq teshadigan maxsus vositalar tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют