» » Sudda biznes yo‘riqnomaga tayanib himoya qilinadi

Sudda biznes yo‘riqnomaga tayanib himoya qilinadi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi sudlarda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanishini ta’minlashga doir yo‘riqnomani ishlab chiqdi, bu haqda Norma xabar qiladi.

Hujjatda Savdo-sanoat palatasi sud idoralarida o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanishini ta’minlash tartibi belgilangan.

SSP davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinganda tadbirkorlik subyekti nomidan sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek da’vo arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, shu jumladan nazorat tartibida protest keltirish haqida iltimosnomalar berish huquqiga ega (“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi).

Bu holda da’vo arizalari (arizalar) davlat bojini to‘lamasdan taqdim etiladi (Soliq kodeksining 329, 330 va 3301-moddalari).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют