» » O‘zbekistonda koreyalik malakali shifokorlar tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda (foto)

O‘zbekistonda koreyalik malakali shifokorlar tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda (foto)


Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan Koreya Respublikasining malakali shifokorlari ishtirokida tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi, bu haqda O‘zA  xabar qiladi.

“Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan mamlakatda aholi reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida bemorlarni respublika klinikalari, tibbiyot markazlari hamda chet elda sog‘lomlashtirish borasida samarali ishlar qilinmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining Pundan Cha universiteti gospitali, Inha universiteti gospitallarida tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan og‘rigan o‘zbekistonlik bemor bolalar bepul sog‘lomlashtirilmoqda.

Koreya Respublikasining Junior Chamber International — JCI xalqaro yoshlar tashkiloti vakillari va Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha hamda “Sedjong” gospitallari fondning asosiy va ishonchli hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida mazkur gospitallarda xayriya yo‘li orqali 45 nafar o‘zbekistonlik bolada jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, ular sog‘lomlashtirildi.

Junior Chamber International — JCI xalqaro yoshlar tashkiloti va “Sedjong” gospitalidan mutaxassis va vrachlar joriy yilning 16—19-aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, tug‘ma yurak nuqsoni tashxisli bemor bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Shuningdek, delegatsiya vakillari tasdiqlangan rejaga ko‘ra, O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasiga, Sejong nomidagi koreys tili maktabiga, “Arirang” pansionatiga, Kim Pen Xva nomidagi muzeyga, Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markaziga, O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasiga tashrif buyuradi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, ahvoli og‘ir deb topilgan bemor bolalar Koreya Respublikasi nufuzli klinikalarida sog‘lomlashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют