» » “Rosatom” texnik akademiyasi O‘zbekistonga atom energetikasi sohasidagi o‘qituvchilarni tayyorlab beradi

“Rosatom” texnik akademiyasi O‘zbekistonga atom energetikasi sohasidagi o‘qituvchilarni tayyorlab beradi


2019-yilda o‘zbekistonlik o‘qituvchilar “Rosatom” texnik akademiyasi Rossiya universitetlari bilan birgalikda o‘tkazadigan o‘quv kurslarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

16-aprel kuni Sochi shahrida “Atomekspo-2019” XI Xalqaro forumi doirasida “Rosatom” texnik akademiyasi bilan O‘zbekiston respublikasi energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O‘zatom” agentligi) o‘rtasida maqsadlar haqidagi kelishuv imzolandi.

Kelishuvni “Rosatom” texnik akademiyasi rektori Yuriy Seleznyov bilan “O‘zatom” agentligi bosh direktori o‘rinbosari Bahrom Mansurov imzoladi.

Kelishuv orqali 2018-yilning 19-oktabrida “Rosatom” davlat korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “O‘zatom” agentligi o‘rtasida imzolangan atom energetikasi sohasida o‘qitish va kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandumni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab berildi.

Gap eng avvalo shu yil kuzda ochilishi kutilayotgan yadro energetikasi sohasidagi Rossiyaning yetakchi OTM MMFI ITYAU ning Toshkentdagi filiali uchun o‘qituvchilar tayyorlash to‘g‘risida ketmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston vakillari “Rosatom” texnik akademiyasi bazasida o‘tkaziladigan dunyodagi birinchi AES ning (Obninsk shahri) ishga tushirilganiga 65 yil to‘lishiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar va yubiley tadbirlarida qatnashadi.

Erishilgan kelishuvlar doirasida tomonlar tomonidan O‘zbekistonning profil ta’lim tashkilotlariga atom energetikasi bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlarini taqdim etish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

“Texnik akademiya atom energetikasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash,  malakasini oshirish, AES dan foydalanish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganish va qo‘llash, yadro va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha noyob maydoncha hamda universitetlar bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha yagona operator bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston vakillari ilg‘or bilimlar va amaliyotlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi”,— deya ta’kidladi “Rosatom” texnik akademiyasi“ ANT QPT rektori muzokaralar vaqtida.

“Imzolangan kelishuv oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha keyingi yilga mo‘ljallangan birgalikdagi amaliy harakatlarni belgilab beradi, bu esa atom sanoati uchun zarur bo‘lgan pedagogik kadrlar darajasini xalqaro standartlarga mos keladigan tarzda ko‘tarishga imkon beradi”, - dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют