» » Sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov jinoyat ishi tafsilotlari oshkor etilmayotgani sababi ma’lum qilindi (foto)

Sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov jinoyat ishi tafsilotlari oshkor etilmayotgani sababi ma’lum qilindi (foto)


Shu kunlarda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudida O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov ustidan sud majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Sevimli” kanalining “Zamon” informatsion-tahliliy dasturida ma’lum qilindi.

“Sobiq Bosh prokurorga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida 13 kishi ayblanib sudga berilgan. Ularga ham pora berish, pora olish, firibgarlik, aybsiz kishiga ham ayb yuklash kabi ayblovlar qo‘yilgan. Jinoyat ishi juda murakkab, ko‘p voqeali bo‘lagni uchun uni sudda ko‘rib chiqish muddati 4 oygacha uzaytirilgan. Shuning uchun ham ma’lumot berishga ulgurmadik. So‘roq qilinishi kerak bo‘lgan, o‘rganilishi kerak bo‘lgan shaxslar juda ham ko‘p. Sud tergovi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi va bu haqda OAVda ma’lum qilinadi”, — deydi Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Baxtiyor Isomov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют