» » Shavkat Mirziyoyevga Toshkentda “Osiyoda yil odami” mukofoti topshiriladi

Shavkat Mirziyoyevga Toshkentda “Osiyoda yil odami” mukofoti topshiriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil dekabrida Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi (AJA) tomonidan “Osiyoda yil odami” deb topilgan va o‘shanda mukofot laureatlarini taqdirlash marosimi AJA’ning 2019-yil bahoridagi Bosh assambleyasi chog‘ida bo‘lib o‘tishi bildirilgandi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqasida totuvlik o‘rnatilishi va qo‘shni davlatlar bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga katta hissa qo‘shgani munosabati bilan mukofotning “Siyosat” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan.

Assotsiatsiya a’zosi, “Namanganskaya pravda” gazetasi bosh muharriri Dilmurod Jumaboyevning  “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Toshkentda joriy yil 31-may kuni Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi media-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadigan media-forum davomida O‘zbekiston rahbariga “Osiyoda yil odami” mukofoti topshirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют