» » Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Beruniy Alimov: Hech qaysi tashkilotning axborot xizmati faoliyatidan qoniqmayman

Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Beruniy Alimov: Hech qaysi tashkilotning axborot xizmati faoliyatidan qoniqmayman


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xojalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar mavzuida ikki kunlik oquv-seminari bolib otmoqda.

Oquv-seminari treninglar jamoasi rahbari, imijiologiya sohasi boyicha mutaxassis, Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Beruniy Alimov OzA muxbirining axborot xizmatlari faoliyati yuzasidan berilgan savollariga javob berdi.

Bugungi oquv-seminarida tashkilot imijini yaxshilash, uni shakllantirishda nimalarga etibor berish lozimliliga bagishlangan Tashkilot imiji va uni boshqarish degan mavzuda mashgulot otayapsiz? Xosh, korporativ imij bilan ishlashda axborot xizmati xodimi nimalarga etibor berishi lozim?

XVII asrda fransuz olimi B.Paskal imijni odamlarga tasir etish texnologiyasi, deb atagan. XXI asrda u har qachongidan ham dolzarb bolib turibdi. Tashkilotning obrosi qancha kuchli bolsa, u shuncha odamlar ishonchini qozona oladi, ularga koproq tasir otkazadi, oz oldida turgan vazifalarni amalga oshira oladi, dedi B.Alimov.

Axborot xizmati va jurnalist vazifalari ortasida farq bor. Ammo bugungi kunda biror tashkilot axborot xizmati xodimi hamda OAVda jurnalist bolib ishlaydigan hamkasblarimiz soni kopchilikni tashkil etadi. Tabiiyki u tashkiloti bilan bogliq, uning manfaatiga xizmat qiluvchi, faqat ijobiy xabarlarni OAVga tarqatishga urinadi, ammo bu xolislikka oz tasirini otkazib qoymaydimi?

Menimcha, biz qaysi joyda ishlashimizdan qatiy nazar, oltin ortalikni topishimiz lozim. Jurnalistlar bilan axborot xizmati xodimlari xuddi bitta daryoning ikki qirgogida ketayotganga oxshaydi, lekin maqsad, boradigan joyimiz bir Ozbekistonda demokratik, huquqiy jamiyat qurish. Shu bois menimcha jurnalistlar va axborot xizmati xodimlari daryoning ikki qirgogida yurmasdan ortadagi qayiqda birgalikda suzishi va oltin ortalikni topishi lozim. Eng asosiysi, axborot yetkazishda xolislik talabi buzilishiga yol qoymasligimiz lozim

Bugun oquv-seminarining ikkinchi bosqichi otkazilayapti. Birinchi bosqichdan qanday natijalar olindi va navbatdagisidan nimalar kutilmoqda?

Bir hafta oldingi treningda koproq davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etgandi. Bugungi treningda esa koproq xojalik boshqaruvi organlari yani korporatsiyalar, milliy holdinglar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari qatnashmoqda. Auditoriya ozgargani bilan mazmunda katta ozgarishlar yoq. Asosiy maqsadimiz bugungi auditoriyani qiziqtira oladigan, zamonaviy oquvchi uchun maqul bolgan axborotni tezkor yetkazish yollarini birgalikda tahlil qilmoqchimiz

Otgan safargi treningda ishtirokchilardan anonim sorovnoma olindi va elon qilindi. Mutaxassis sifatida tizimda qanday kamchiliklarni sezdingiz?

Tan olib aytish kerak, hozir barcha tashkilotlarning saytlari ham bugungi kun talabiga mos emas? Buni monitoring natijalari ham isbotlaydi. Qarang, bazi davlat tashkilotlari veb-saytiga kuniga bor-yogi 100 kishi kirarkan. Uning aksariyati shu tashkilot xodimlari. Unda sayt kerakmi yoki kerak emasmi, degan savol ham tugiladi. Sayt yaratildimi uni qiziqarli, muhim xabarlar bilan toldirish kerak. Bu ishni chetdan jurnalist kelib qilib bermaydi, axborot xizmati xodimi qilishi kerak. Bundan tashqari, biz axborot xizmatlari xodimlarining ham muammolarini organdik. Ularga vazifasiga kirmaydigan ishlar ham yuklatilayotgan ekan. Bazi axborot xizmati xodimlari esa umuman axborot tayyorlash, u bilan ishlash sirlarini bilmasliklarini tan olmoqda. Shu bois qilinishi lozim bolgan ishlarni qaytadan organib chiqish lozim, balki qonunchiligimizga ozgartirish kiritish kerakdir, shtat birliklarini oshirish lozimdir. Xullas, tizimda qilingan ishlardan kora qilinishi lozim bolgan ishlar koproq

Songgi savol, mutaxassis sifatida kopchilik axborot xizmatlari ishlarini kuzatib borasiz, ular orasida soha talablariga yuqori darajada javob beradigan va namunalilarini ayta olasizmi?

Bu juda nozik savol. Gapni ochigi, ular xafa bolishmasinu, hech qaysi tashkilot axborot xizmatining hozirgi faoliyatidan umuman qoniqmayman. Kimnidir yomon yoki juda yaxshi deb aytishga hali vaqtimiz bor, faqat ishlashimiz lozim. Nafaqat oz tashkilotimiz, butun Ozbekiston imijini oylashimiz, yagona axborot siyosatida birgalikda harakat qilishimiz kerak.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-04-2019, 20:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -