» » Toshkentda yo‘lni to‘sib turgan reklama taxtasi haydovchilar shikoyatidan so‘ng olib tashlandi (foto)

Toshkentda yo‘lni to‘sib turgan reklama taxtasi haydovchilar shikoyatidan so‘ng olib tashlandi (foto)


Bugun, 18-aprel kuni Facebook ijtimoiy tarmoq sahifalarining birida Kichik xalqa avtomobil yo‘lining avtomobillar qayrilib olishi uchun mo‘ljallangan (razvorot) qismida, ovqatlanish shoxobchasining reklamasini o‘rnatilganligi va bu holat yo‘l harakati ishtirokchilariga noqulaylik tug‘dirayotganligi haqida e’tirozlar bayon etilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shahar obodonlashtirish qoidalari buzilganligi uchun Toshkent shahar hokimligi va IIBB tomonidan muammo o‘rganildi, noo‘rin joyga o‘rnatilgan reklama banneri olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, ruxsatsiz, belgilanmagan joyda reklama materiallarini o‘rnatgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 161-moddasiga asosan, 202 730 so‘m miqdorida jarima qo‘llaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют