» » MIB xodimlari Toshkent viloyatida 2 nafar bolani onasiga qaytardi

MIB xodimlari Toshkent viloyatida 2 nafar bolani onasiga qaytardi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 2018-yilda tug‘ilgan Umaraliyev Abubakir Jasurovichni, qarzdor J.Gulamnazirov qarmog‘idan, undiruvchi A.Augambayeva tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yangiyo‘l tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, shu kunning o‘zida ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida,  qarzdor ro‘yxatda turib istiqomat qiladigan Yangiyo‘l tumanidagi manzilga borilganda, avvaliga J.Gulamnazirov bolani onasiga berishdan bosh tortgan.

Qarzdor va uning ukasi, ijro harakatlarini olib borishga to‘sqinlik qilib, haqoratlab, kuch ishlatmoqchi bo‘lgan. Shunga qaramay bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan undiruvchi, xolislar va profilaktika inspektori guvohligida qizchani onasi qo‘liga topshirildi.

Yana bir shu kabi holat, sudning ijro varaqasiga asosan taraflarning 2013-yilda tug‘ilgan Ravshanova Munisa Doston qizi ismli voyaga yetmagan farzandi, otasi, qarzdor D.Olimboyevning qaramog‘idan, onasi,undiruvchi N.Olimboyevaning tarbiyasiga olib berish belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari haqida qarzdor ham xabardor qilingan edi. Shunday bo‘lsada, yashash manziliga chiqilganida, uyda bola yo‘qligi sabab, ijro harakatlari keyinga qoldirilgan va bu holat bir necha bor takrorlangan.

Byuro davlat ijrochilarining harakatlari natijasida farzand va uni berkitib yurgan ota topilgan. Tegishli tartibda dalolatnoma ramiylashtirilib, qarzdordan tilxat olinib, 2013-yilda tug‘ilgan qizcha onasi undiruvchi N.Olimboyeva tarbiyasiga olib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют