» » Toshkentdan yer olib berish evaziga 30 ming dollar olgan kollej o‘qituvchisi sud zalidan ozod qilindi

Toshkentdan yer olib berish evaziga 30 ming dollar olgan kollej o‘qituvchisi sud zalidan ozod qilindi


Besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan X.G. 16-aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasida shartli ravishda 1 yilga sinov muddatga ozod etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

X.G. 1977-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, beva, ikki nafar farzandi bor, pedagogika kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

U ikki tadbirkorga o‘zining Vazirlar Mahkamasida yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali Toshkent shahari Mirzo Ulug‘bek tumanidan 0,30 ga yer maydonini ajratib berishni va’da qilgan. X.G. 30 ming dollarni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan ushlangan.

Unga ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. X.G.ga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, 59-61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Sud apellyatsiya instansiyasida X.G.ga Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan berilgan kafillik xati va qilmishidan pushaymonligi inobatga olib, tayinlangan jazoni shartli hisoblab, 1 yil sinov muddati belgiladi. Qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, darhol sud zalida qamoqdan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют