» » Toshkentda konteyner olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda konteyner olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Toshkent shahrida 3 dona konteynerni 1800 dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘i Sherzod Xolmurotov “Daryo”ga xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Q.U. go‘yoki o‘ziga tegishlli bo‘lgan, “Azia trans terminal” yuk saroyida turgan 3 dona konteynerni fuqaro I.R.ga sotishni va’da qilib, undan aldov yo‘li bilan 1800 dollar oladi.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, Q.U. muqaddam xuddi shu turdagi sodir qilgan jinoyati uchun joriy yilning yanvar oyida bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligi aniqlangan.

Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Q.U.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, davtlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют