» » “O‘zbektelekom” direktori Uzmobile tarmog‘ini rivojlanish bosqichini uchta mezon bilan bog‘ladi

“O‘zbektelekom” direktori Uzmobile tarmog‘ini rivojlanish bosqichini uchta mezon bilan bog‘ladi


Toshkent shahrida 18-aprel kuni Uzmobile tarmog‘ini tijorat foydalanishga topshirilishining 4 yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Anjimanda “O‘zbektelekom” AK tijorat direktori Alisher Zufarov Uzmobile GSM tarmog‘i rivojlanishini uchta mezon bilan tavsifladi: barcha mintaqalarda doimiy kengaytirish, mobil internetni tezlashtirish va tariflardagi katta yangilanishlar.

“Biz O‘zbekiston GSM standarti yuqori raqobatli bozoriga oxirgi bo‘lib keldik. Bu oson kechmadi. Shu qisqa vaqt mobaynida biz nafaqat juda tanilgan o‘yinchilar bilan raqobatlasha olishimizni, balki zamonaviy, yuqori tezlikka ega va keng Uzmobile GSM tarmog‘ini qurishga qodir ekanligimizni isbotlay oldik, texnik imkoniyatlarimiz bizga bugungi kunda eng innovatsion xizmatlar va yuqori sifatli arzon tariflarni taqdim etish imkonini berdi”, – dedi Alisher Zufarov.

Hozirgi vaqtda Uzmobile tashqi kanali 30 Gbit/s gacha kengaytirildi, bu esa abonentlarga yanada yuqori tezlikdagi va arzon mobil internet tariflarini taqdim etish imkonini beradi.

Joriy yilda Uzmobile CDMA faol abonentlari sonini 31 foizga (220 mingga) va Uzmobile GSM tarmog‘i faol abonentlari sonini 36 foizga (4,6 millionga) oshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida 2G/3G va 4G texnologiyalari bo‘yicha Uzmobile tarmog‘ining kengaytirilishi davom etmoqda. 2019-yil oxirigacha aholi punktlarida Uzmobile tarmog‘ining qamrab olishi o‘rtacha 87 foizgacha, Uzmobile GSM va Uzmobile CDMA 90 foizgacha oshiriladi.

Kompaniyaning aloqa sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlari alohida qayd etildi.

Masalan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Navoiy va Urganch shaharlaridagi xalqaro aeroportlar binosida ichki va tashqi mobil aloqa qamrovining sifati yaxshilandi.

Sayyohlarga va umuman turizmga qulayliklarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi yechimlar joriy etiladi. Barcha aeroportlarda, temir yo‘llar vokzallarida, avtovokzallarda va eng diqqatga sazovor, ommabop hududlarda WiFi zonalari va xizmat ko‘rsatish ofislarini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Davlat segmentining (B2G) har bir sohasi uchun personal yechimlar va tariflar ishlab chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют