» » O‘zbekistonda Soliq qo‘mitasining samaradorligi muntazam baholab boriladi

O‘zbekistonda Soliq qo‘mitasining samaradorligi muntazam baholab boriladi


Hukumat qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, qo‘mita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qo‘mita hukumatga bo‘ysunadi va unga rais boshchilik qiladi. Rais Bosh vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Nizom bilan qo‘mitaning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berildi.

Qo‘mita soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek qo‘mita soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borishi lozim.

Qo‘mitaning samaradorligi muntazam baholanadi.

Soliq tekshiruvlari va mavzuli-ekspress o‘rganishlar boshqarmasi, Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va ularning hududiy tuzilmalari hamda Hududlararo inspeksiya xodimlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustamalar belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют