» » Samarqandda 700 dollar pora so‘ragan IIB xodimi jazoga tortildi

Samarqandda 700 dollar pora so‘ragan IIB xodimi jazoga tortildi


Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 5-ichki ishlar bo‘limi tayanch punktlari faoliyatini tashkillashtirish guruhi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori lavozimida ishlagan Suhrob Mamatovga fuqarodan pora talab qilganligi uchun 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Suhrob Mamatov o‘zining xizmat vakolatiga kirmasa ham fuqaro Gulchehra Ibragimovani O‘zbekistondan Ukraina davlati orqali Turkiya davlatiga “xorijga chiqish stikeri”ni olmasdan chiqib, so‘ng O‘zbekiston Respublikasiga “O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi” bilan qaytganligi uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilishini ma’lum qilib, fuqaroni bunga ishontirgan. Suhrob Mamatov fuqaro Gulchehra Ibragimovaga 700 AQSh dollari miqdoridagi pora evaziga javobgarlikdan qutqarib qolishini taklif etgan.

Gulchehra Ibragimovaga huquq-tartibot idorasi xodimining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida tegishli idora vakillariga ma’lum qilgan. Ko‘rilgan tadbirlar natijasida Suhrob Mamatov Gulchehra Ibragimovadan 700 dollarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilgan sud ishida Suhrob Mamatovning qilmishi guvohlarning ko‘rsatmalari bilan ham to‘liq isbotlandi. Sud hukmiga ko‘ra Suhrob Mamatov Jinoyat Kodeksining 25, 28,168 va 211-moddalarining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, uch yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni ichki ishlar tizimida moddiy hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют