» » Buxorolik yigit militsiyaga ishga kirish uchun kursdoshiga pora berdi. Kursdoshi esa yigitni departamentga topshirdi (video)

Buxorolik yigit militsiyaga ishga kirish uchun kursdoshiga pora berdi. Kursdoshi esa yigitni departamentga topshirdi (video)


Buxorolik O‘lmas Hasanov pora evaziga ichki ishlar idoralariga ishga joylashib olaman, deb kalta o‘ylaganlardan biri bo‘ldi. “Lekin u pora berish ham jinoyat ekanligini esdan chiqarib qo‘ydi”, — deyiladi “O‘zbekiston 24”ning “Qonun nomi bilan” ko‘rsatuvida.

Hasanov ichki ishlar idoralariga ishga kirib olish uchun dastlab kursdoshi — ichki ishlar boshqarmasi kadrlar guruhi katta inspektori Rahimovga 2 ming AQSh dollarini taklif qilgan hamda atalgan porani harbiy guvohnomasi va diplomi orasida qoldirgan.

“Ishi tezroq bitishini xohlagan puldor yana 900 AQSh dollari bilan kursdoshining xonasiga, ya’ni, viloyat IIB binosiga kelganida jinoyat ustida departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi”, — deya xabar bermoqda “Qonun nomi bilan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют