» » Jizzaxda ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 3500 dollar olgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzaxda ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 3500 dollar olgan shaxs qo‘lga olindi


Ichki ishlar organlarida ishlash orzusidagi Jizzax viloyati Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi 23 yoshli shaxs niyatiga pora berish yo‘li erishmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Baxmallik yigitchaning niyatidan xabar topgan Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi boshqa bir shaxs, uning ishonchiga kirib, uni militsiyaga kiritib qo‘yishni va’da qilgan va 2016-yil iyun oyida undan 3500 dollar pul olgan.

“Ammo ko‘p o‘tmay Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro firibgarning shirin so‘zlari qurboni bo‘lganligini anglab yetdi. Ayni vaqtda gumonlanuvchi 3500 dollar pulni qayerga ishlatgani yuzasidan ichki ishlar tergov bo‘limida hisob bermoqda”, — deyiladi IIB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют