» » Toshkentda pora sifatida Coca-Cola talab qilgan huquq-tartibot xodimi javobgarlikka tortildi

Toshkentda pora sifatida Coca-Cola talab qilgan huquq-tartibot xodimi javobgarlikka tortildi


Mustaqillik maydonida aylanib yurgan fuqarolardan pora talab qilgan huquq-tartibot idoralari xodimi javobgarlikka tortildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Yunusobod tuman IIBga ko‘ra, 1990 va 1994-yillarda tug‘ilgan ikki yigit Mustaqillik maydonida aylanib yurganida militsiyachi ularning shaxsini aniqlash uchun to‘xtatgan. Hujjatlar tekshirilgach, ulardan “Turkiston” saroyi qarshisidagi militsiya tayanch punktiga borish so‘ralgan.

Huquq-tartibot xodimi yigitlarni qo‘yib yuborishni va’da qilib, evaziga Coca-Cola ichimligi va shirinliklar olib berishni talab qilgan. Yigitlar ularda faqat 10 ming so‘m naqd pul borligini aytib, bu pulni xodimning daftari ichiga qo‘ygan. Suhbatni fuqarolar mobil telefonga yozib borgan. Yigitlar bu dalillarni huquq-tartibot idoralariga topshirgan.

Tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng huquq-tartibot xodimi aybini tan oldi va ishdan bo‘shatildi.

Unga nisbatan JKning 210-moddasi 1-qismi bo‘yicha (poraxo‘rlik) jinoiy ish ochildi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...