» » Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan poyezdda vagon kuzatuvchisi firibgarlik qilib, yo‘lovchilardan pul olgani uchun sudlandi

Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan poyezdda vagon kuzatuvchisi firibgarlik qilib, yo‘lovchilardan pul olgani uchun sudlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi sudyasi A. Qahharovning raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan V. N. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi “Daryo”ga xabar berdi.

Xususan, V. N. 2018-yil 8-sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 19:59 da Rossiyaning Volgograd viloyati markaziy temir yo‘l bekatidan 323-sonli “Volgograd—Urganch—Toshkent” xalqaro yo‘lovchi poyezdining 11-vagonida o‘zining xizmat xonasida o‘z yurtlariga yo‘l chiptasi bilan qonuniy tartibda kelayotgan fuqarolarga xizmat vazifasiga

kirmasa-da, davlatlar chegarasidan eson-omon olib o‘tishini, yo‘l davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil ko‘ngilsiz hodisalardan saqlashini, Qozog‘iston davlat chegarasi xodimlariga pul berib vagondagi yo‘lovchilarning yuklarini tekshirtirmasligini aytib, yo‘lovchilardan 3 100 Rossiya rubli (48 dollar) va 3 000 qozoq tangasini (taxminan 8 dollar) firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Sud hukmi bilan V. N. ga nisbatan O‘zbekiston JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan qilmishiga yarasha qonuniy jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют