» » Qarshi aeroportida Moskvaga uchayotgan yo‘lovchi qadimiy tangalarni olib o‘tishga urindi

Qarshi aeroportida Moskvaga uchayotgan yo‘lovchi qadimiy tangalarni olib o‘tishga urindi


Amaldagi tartiblarga ko‘ra, muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan, davlat va jamoat muzeylari, arxivlar, kutubxonalar va boshqa joylarda doimiy saqlanayotgan, shuningdek, 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqilishi taqiqlanadi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ammo bu tartib-qoidalarga rioya etmaydigan “uddaburo”lar uchrab turibdi. Xususan, fuqaro Yo.R.ning hatti-harakatlari buning tasdig‘i bo‘ladi.

Qarshi xalqaro aeroportidan “Qarshi—Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro Yo.R. ga tegishli qo‘l yuklari rentgen apparati yoramida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, qadimiyligi 50 yildan oshgan, jami 36 dona tanga noqonuniy ravishda O‘zbekistondan olib chiqilishi holati aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют