» » Qarshida qadimiy tangalarni noqonuniy ravishda Moskvaga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qarshida qadimiy tangalarni noqonuniy ravishda Moskvaga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Qarshi xalqaro aeroportidan “Qarshi—Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro Yo.R. ga tegishli qo‘l yuklari rentgen apparati yordamida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, qadimiyligi 50 yildan oshgan jami 36 dona tangalarning noqonuniy ravishda O‘zbekistondan olib chiqilishi holati aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, amaldagi tartiblarga ko‘ra, davlat tomonidan muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan, davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarida, kutubxonalarida va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan, shuningdek, ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют