» » Toshkentda bojxonachilar Koreyadan antiradar qurilmalarining noqonuniy olib kirilishiga yo‘l qo‘ymadi

Toshkentda bojxonachilar Koreyadan antiradar qurilmalarining noqonuniy olib kirilishiga yo‘l qo‘ymadi


“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida navbatdagi bojxona qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, “Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Yo.S.ning bezovtalanishi bojxonachilarning e’tiborini tortdi. Fuqaro “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib, bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuki va bagajlari bo‘lim xodimlari tomonidan belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va yozma ravishda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 240 dona antiradar qurilmalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha belgilangan tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют