Osiyo chempionati. Bugun o‘zbekistonlik 8 nafar bokschi ringga chiqadi
Bugun, 20-aprel kuni Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglari bo‘lib o‘tadi.
Kunduzgi dastur (12:00 dan so‘ng, Toshkent vaqti bilan)
Kechki dastur (16:00 dan so‘ng, Toshkent vaqti bilan)
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaning dastlabki kunida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qilgandi.
Erkaklar o‘rtasida 64 kg vazn toifasi vakili Shunqor Abdurasulov iroqlik raqibi Kadim al-Ezireni mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bobousmon Boturov (-69 kg) musobaqadagi o‘zining birinchi jangini mo‘g‘ulistonlik bokschi Bayarku Ganbaatarga qarshi o‘tkazgandi. U raqibini 2-raundda texnik nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qildi.
Ayollar o‘rtasida esa 57 kg vazn toifasi vakilasi Yodgoroy Mirzayeva raqibi shri-lankalik bokschi Krishmini mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
