» » Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In Toshkentda Koreys madaniyati va sanati uyining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In Toshkentda Koreys madaniyati va sanati uyining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)


Toshkent shahrida 20-aprel kuni Koreys madaniyati va sanati uyining tantanali ochilish marosimi boldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In rafiqalari bilan birgalikda ushbu dostlik va madaniyat saroyini ochdi.

Sahnada koreyslarning Ozbekistonga kochirib kelinishi, ozbek xalqi bilan ahil yashashi haqida badiiy kompozitsiya namoyish etildi.

Malumki, 1937-yilda Uzoq Sharqdan on minglab koreyslar mamlakatga kochirilgan. Osha paytdagi qiyinchiliklarga qaramay, ozbek xalqi ularni ochiq qalb bilan qabul qilgan, ularga boshpana berib, mehr korsatgan. Ozining mehnatsevarligi va qatiy irodasi, xalqlarning mentaliteti oxshashligi tufayli koreyslar bu yerda ikkinchi Vatanini topdi. Ular Ozbekistonning teng huquqli fuqarosiga, jamiyatning faol azolariga aylandi.

Bugungi kunda Ozbekistonda 180 mingdan ziyod koreys millatiga mansub yurtdoshlar yashaydi. Ularning uch yuzga yaqini davlatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

Davlat rahbarlari ozbekistonlik koreys rassomlari asarlari korgazmasi bilan ham tanishdi.

Koreys madaniyat va sanat uyi 478 orinli kinokonsert zali, konferensiyalar zali, kutubxona, badiiy galereya, restoran va xizmat xonalarni oz ichiga olgan. U jamoatchilik va yoshlar intiladigan, mushtarak madaniyatlarni boyitadigan yana bir maskanga aylanadi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Prezidentlar Samarqandga tashrif buyurib, diqqatga sazovor joylar bilan tanishadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-04-2019, 14:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 1) ( 1) ( 2)
:
20 ...