» » Qozog‘iston IIV: Olmaota—Toshkent trassasida halok bo‘lgan 11 kishidan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi

Qozog‘iston IIV: Olmaota—Toshkent trassasida halok bo‘lgan 11 kishidan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi


Jambul viloyatining Qorday tumanida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilishi oqibatida o‘zbekistonliklar halok bo‘lgani haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligi xabar berdi.

Shu bilan birgalikda, Tengrinews nashri Qozog‘iston IIV matbuot xizmatiga tayanib, avariyada halok bo‘lgan 11 kishidan 7 nafari Qozog‘iston, 3 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi, bir kishining fuqaroligi aniqlanmaganini bildirdi.

O‘zbekistonning 7 nafar fuqarosi tan jarohatlari bilan O‘tror va Qordaydagi shifoxonalarga yotqizilgan.

O‘trordagi shifoxonaga yotqizilganlar:

Marhamat Jumaniyozova, 1996-yilda tug‘ilgan, Xiva shahridan;

Rohila Ahmetova, 1994-yilda tug‘ilgan;

Shodlik Maqsudovich Jabborov, Xiva shahridan;

Otabek Abdullayevich Matjonov, 1985-yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘istondan;

Sardor Anorboy o‘g‘li Haydarov, 1994-yilda tug‘ilgan.

Qordaydagi shifoxonaga yotqizilganlar:

Islomiddinov Abuxattar o‘g‘li, 1997-yilda tug‘ilgan;

Zovodbek Muhammadjonov, 1999-yilda tug‘ilgan.

Bosh konsullik Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Hodisa joyiga zudlik bilan konsullik xodimi yo‘l olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют