» » Andijonda MIB xodimini urib, uni haqoratlagan fuqaroning ozodligi uch yilga cheklandi

Andijonda MIB xodimini urib, uni haqoratlagan fuqaroning ozodligi uch yilga cheklandi


Majburiy ijro byurosining Andijon tuman bo‘limi davlat inspektori M.Shodmonov 30-yanvar kuni soat taxminan 16:30 da o‘ziga biriktirilgan “Beshbo‘ynoq” mahallasida yashovchi fuqaro L.Toshaliyevning xonadoniga borib, elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligini tekshirish maqsadida uydagilarni chaqirganida, Toshaliyevning qarindoshi M.To‘ychiboyeva chiqib, uyda hech kim yo‘qligini aytgan.

Davlat inspektori To‘ychiboyevaning ishtirokida tekshiruv o‘tkazgan vaqtda, xonadonga o‘rnatilgan hisoblagich elektron dasturga kiritilmaganligi ma’lum bo‘ladi. Holat yuzasidan davlat inspektori dalolatnoma rasmiylashtirib, xonadonni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yadi. Shundan so‘ng fuqaro Toshaliyev uydan chiqib kelib, davlat inspektoridan uyni elektr tarmog‘iga ulab qo‘yishini talab qiladi.

Davlat inspektori tarmoqqa qayta ulanish tartibini tushuntirayotganida L.Toshaliyevning ukasi S.Azimov xonadonidan bolta olib chiqib, davlat inspektoriga kuch ishlatmoqchi bo‘ladi. Shunda fuqaro Toshaliyev ukasi Azimovdan qo‘lidagi boltani olib qo‘yib, go‘yoki davlat inspektoriga kuch ishlatmaslikni aytib, davlat inspektoridan xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini so‘raydi.

Davlat inspektori M.Shodmonov xizmat guvohnomasini ko‘rsatish uchun olayotgan vaqtda Toshaliyev davlat inspektorining yuziga musht tushiradi. Natijada Shodmonov yiqilib tushadi va aka-uka Toshaliyev va Azimov davlat inpektoriga nisbatan kuch ishlatib, uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazadi.

Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, 12-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudi ushbu holat bo‘yicha ishni ko‘rib chiqib, Jinoyat kodeksi 105-moddasining 1-qismiga asosan, L.Toshaliyevga nisbatan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют