» » Bosh prokuratura “Qodirov ishi” doirasida hibsga olingan mansabdor shaxslar tergov davomida qiynoqlarga solinganini rad etdi

Bosh prokuratura “Qodirov ishi” doirasida hibsga olingan mansabdor shaxslar tergov davomida qiynoqlarga solinganini rad etdi


2019-yil 18-aprel kuni internet tarmoqlarida “Qodirov ishi” doirasida hibsga olingan mansabdor shaxslar tergov davomida qiynoqlar haqida xabar berdi” nomli maqola e’lon qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Maqolada ayblanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramovga nisbatan jismoniy va psixologik zo‘ravonlik, qo‘pol munosabatda bo‘lingani qayd etilgan.

Bosh prokuratura tomonidan R.Qodirov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilgan hamda 13 nafar shaxsga mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, pora olish, shuningdek, boshqa mansabdorlik va iqtisodiy jinoyatlarni sodir etish bo‘yicha ayb e’lon qilingan.

Dastlabki tergov Jinoyat-protsessual kodeksining qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borilgan, ayblanuvchilar va ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan hech qanday qiynoqlar yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmagan.

Ayblanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramov ularga qo‘yilgan ayblovlarni faqat qisman tan olgan, bu esa ularga ayblov bo‘yicha o‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati berilgani va ularga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazilganlik fakti mavjud emasligidan dalolat.

Bundan tashqari, dastlabki tergov va sud jarayonida barcha ayblanuvchilarning sog‘lig‘i Ichki ishlar vazirligi tibbiy muassasalarining doimiy tibbiy kuzatuvida va nazorati ostida bo‘ldi.

Dastlab jinoyat ishini sudda ko‘rish boshlanganida sudlanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramov sudda so‘roq qilish jarayonida o‘z ko‘rsatmalarida sodir etilgan jinoyatlarda aybdorligini tan olib, o‘z qilmishlariga amalda pushaymonligini bildirdi, ammo keyinchalik ular o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirib, ularga nisbatan qiynoq va tahdidlar qo‘llangani haqida xabar berdi.

Qonunchilikka binoan, ayblanuvchi va sudlanuvchilar ularga nisbatan e’lon qilingan ayblov bo‘yicha har qanday pozitsiyani egallash huquqiga ega. O‘z navbatida, Bosh prokuratura U.Sunnatov va U.Xurramovning tergov davomida ularga nisbatan qiynoqlar qo‘llanganligi to‘g‘risidagi vajlariga javoban aniq pozitsiyasini bildirib, yuqoridagi ko‘rsatmalar haqiqatga mos kelmasligini qat’iy ta’kidlaydi.

Bugungi kunda R.Qodirov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va Bosh prokuratura jinoyat ishida ishtirok etish uchun jalb qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishini kafolatlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют