» » Soliq qo‘mitasi Namangan shahrida coliq xodimlari tadbirkorning hujjatlarini taftish qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Soliq qo‘mitasi Namangan shahrida coliq xodimlari tadbirkorning hujjatlarini taftish qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


2019-yil 20-aprel kuni Facebook’da “Namangan shahrida coliq inspeksiyasi xodimlari tadbirkorni hujjatini qo‘shni kafeda taftish qilmoqda” mazmunida xabar tarqalgandi. Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati mazkur xabarda keltirilgan holatlarni o‘rganib, unga o‘z munosabatini bildirdi.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi.

2019-yil 20-aprel kuni Namangan shahar davlat soliq inspeksiyasi “Qo‘shimcha daromadlarni aniqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi” jismoniy shaxslar bilan ishlash sho‘’basi soliq katta inspektorlari A.Samatov va N.Karimov tomonidan Namangan shahar, “Haqiqat” MFY, Boburshoh ko‘chasi, 88-uyda joylashgan, fuqaro H.Rahmonovga tegishli savdo shoxobchasida Prezidentning 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, soliq to‘lovchini pasportlashtirish tadbiri o‘tkazilgan.

Halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va shaffofligini ta’minlash uchun ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Pasportlashtirish tekshirish emas. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan profilaktik tadbir. Bunda soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga, ya’ni tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko‘rsatib o‘tilgan vajlar maxsus guruh tomonidan o‘rganilganda o‘z tasdig‘ini topmadi. Davlat soliq xizmati xodimlari hamda tadbirkor o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik sodir bo‘lmagan.

“Muallif va mavzu yuzasidan qoldirilgan postda soliq xodimlarining obro‘sizlantirish va tuhmat qilish alomatlari borligi ma’lum bo‘ldi. Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolarning tizimiga oid taklif-mulohaza va fikrlarini qadrlaydi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doim tayyor, lekin faqat tuhmat bilan emas”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют