» » Suriyaning Tartus porti Rossiyaga 49 yilga ijaraga beriladi

Suriyaning Tartus porti Rossiyaga 49 yilga ijaraga beriladi


Suriyaning Tartus porti Rossiyaga 49 yilga ijaraga beriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Bashar Asad bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

“Biz bu masalada juda yaxshi ilgariladik va hafta davomida shartnoma imzolanishiga umid qilamiz. Tartus porti 49 yil mobaynida Rossiya biznesi foydalanishiga o‘tadi”, — dedi Yuriy Borisov.

Borisovning aytishicha, mazkur qadam Moskva va Damashq o‘rtasida o‘zaro tovar almashinishi hajmi ortishiga sabab bo‘ladi hamda birinchi galda Suriya iqtisodiyoti foydasiga ishlaydi.

Ma’lumot uchun, Tartus Suriyaning O‘rta yer dengizidagi ikki asosiy portidan biri hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют