» » Oliy Sud raisining Qashqadaryodagi 2 kunlik sayyor qabulida 308 nafar fuqaro murojaati o‘rganildi. 1 kishi sud zalidan ozod etildi

Oliy Sud raisining Qashqadaryodagi 2 kunlik sayyor qabulida 308 nafar fuqaro murojaati o‘rganildi. 1 kishi sud zalidan ozod etildi


O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilovning 19–20-aprel kunlari Qashqadaryo viloyati aholisi bilan bo‘lib o‘tgan sayyor qabullari jarayonida 308 nafar fuqaro muammosi tinglangan. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Oliy sud raisining sayyor qabuli 19-aprel kuni Qarshi shahrida, 20-aprel kuni Shahrisabz tumanida bo‘lib o‘tgan.

Shahrisabz tumanidagi sayyor qabulda 66 nafar fuqaroning jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar yuzasidan qilgan murojaati tinglanib, 37 nafar fuqaroga huquqlari tushuntirilgan. 29 nafar murojaatchining arizalari sudlov hay’atlarida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib qanoatlantirilgan

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabullarda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov va ishchi guruh tomonidan jami 308 nafar fuqaroning murojaati eshitilgan bo‘lsa, shundan 147 nafar murojaatchiga huquqlari tushuntirilgan. 126 nafar murojaatchining arizasi vaqt va muddat talab qilishi munosabati bilan sudlov hay’atlarida ko‘rish uchun ish yurituvga qabul qilingan. Sayyor sud majlislarida 32 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan bo‘lsa, 1 nafar fuqaro sud zalidan darhol ozod qilingan.

“Sayyor qabullarda sud zalidan ozod bo‘lgan hamda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan fuqarolar Prezidentimizga, Oliy sud rahbarlariga o‘z minnatdorliklarini izhor qilmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal avvalroq Oliy sud vakillarining Qashqadaryo viloyatidagi sayyor qabulida Oliy sud raisining o‘zi ishtirok etishi aytilgani, biroq o‘zi kelmagani bois ko‘pchilik murojaatchilar e’tiroziga sabab bo‘lgani haqida xabar bergandik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют