» » Jizzax viloyati YoXB xodimlari yong‘inda qamalib qolgan insonni qutqardi

Jizzax viloyati YoXB xodimlari yong‘inda qamalib qolgan insonni qutqardi


20-aprel kuni soat 15:30 da Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga Jizzax shahar Madaniyat mahallasi Sayilgoh ko‘chasi 48-uyning 12-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan, deya xabar beradi “Daryo”ga Jizzax viloyati IIB YoXB.

Darhol yong‘in joyiga Jizzax shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limining 1-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismidan ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yuborilgan. Bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib kelganida yong‘in sodir bo‘lgan xonadon quyuq tutun bilan qoplangan, eshik esa qulflangan edi. Shu yerda yashovchi fuqarolar ichkarida xonadon egasi qolib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmalariga rahbarlik qilayogan katta leytenant Ziyovuddin Bekmatov vaziyatga tezkor baho berib, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi serjant A.Meliboyev bilan birgalikda xonadon eshigini buzib, yotoqxonada hushsiz holatda yotgan fuqaro Yoqub Qurbonovni tashqariga olib chiqdi va birinchi yordam ko‘rsatdi.

Xodimlarning tezkor xatti-harakatlari tufayli xonadoni egasining hayoti asrab qolindi, yong‘in qisqa muddatda bartaraf etildi. Yong‘in oqibatida xonadonning 1 kvadrat metr maydonda pol kismi va kiyim-kechaklar yongan.

Yong‘in yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют