» » Davlat xizmatlari haqida endi QR-kod orqali ma’lumot olish mumkin

Davlat xizmatlari haqida endi QR-kod orqali ma’lumot olish mumkin


Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi fuqarolarga tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda murojaat etuvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini yanada shakllantirish maqsadida Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markaziga xizmatlar haqida to‘liq ma’lumot beruvchi “INFOLAND” o‘rnatildi.

“INFOLAND”da Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat nomlari va uning QR-kodi joylashtirilgan. Mobil telefonda QR-kodni skaner qilish ilovasi orqali ushbu xizmat haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

Jumladan, xizmatdan foydalanish uchun kerakli hujjatlar, davlat boji to‘lov summasi, xizmat ko‘rsatish muddati va xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli organ to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Investorlar uchun zarur bo‘lgan xizmat turlari rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют