» » O‘zbekistonda onlayn auksionda oltin qazib olish mumkin bo‘lgan dastlabki yerlarga yegalik huquqi sotildi

O‘zbekistonda onlayn auksionda oltin qazib olish mumkin bo‘lgan dastlabki yerlarga yegalik huquqi sotildi


Onlayn auksionda oltin qazib olish mumkin bo‘lgan dastlabki yerlarga yegalik huquqi sotildi, deb xabar berdi Spot.

Boshlang‘ich narx 7,5 millon dollar deb belgilangan bo‘lib, har 10 daqiqada oshib boradi.

22-aprel kuni Samarqand viloyatida shunday yer uchastkalarining uchtasi savdoga qo‘yilgan bo‘lib, ulardan birini 92,2 million dollarga sotishga erishilgan.

Navoiy viloyatida 10 ta shunday yer uchastkalari savdoga qo‘yilgan bo‘lib, ullarning barchasi sotilgan. Bu yerda narxlar 7,8 million so‘mdan 22,1 million so‘mgacha bo‘lgan.

2018-yilning noyabr oyida prezident qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror imzolagan edi. 2019-yilning mart oyidan boshlab bu tadbirkorlikning bir turi deb hisoblandi.

Endilikda tegishli tartibda litsensiya olib, bu faoliyat turi bilan shug‘ullanish mumkin. Buning uchun yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish ham talab etilmaydi, xususiy tadbirkor bo‘lishning o‘zi yetarli.

Litsenziya onlayn savdo yakunlariga ko‘ra uch yil muddatga beriladi.

Auksionda ishtirok etish uchun E-ijro Auksion saytida ariza berish va yer uchastkasining baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida badal pulini to‘lash lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют